Bugun erta tongdan tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari bilan birgalikda, yaqinlashib qolgan muborak Ramazon oyida bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida, tumandagi mavjud dehqon bozorlarida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarini koʻzdan kechirib, sotuvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borishadi.
Bundan tashqari tegishli tashkilot vakillariga narxlar barqarorligini saqlab qolish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan qator vazifalar belgilanib, ijrosi qattiq nazoratga olindi.
Tuman hokimligi tomonidan tashkillashtirilgan yarmarkalarda, arzonlashtirilgan narxda; go‘sht, un, shakar, kartoshka, piyoz, guruch, paxta yog‘i va boshqa mahsulotlar sotilmoqda.