Byudjet mablagʻlari – qatʼiy nazorat ostida

 

Byudjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, shuningdek, aholi hayot darajasi va farovonligini yaxshilashda katta ahamiyatga egadir.

Shu boisdan, joriy yilning 25-aprel kuni, Urgut tumani prokuraturasi binosida,  qurilish ishlarini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organ rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda, shtab rahbari, tuman prokurori Sh.Xolmurzayev, tuman prokurorining o’rinbosari D.Uzakov, tuman hokimining o’rinbosari Sh.Aliqulov, DXX tuman boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan, tumanda qurilish ishlarini olib borayotgan qurilish korxona rahbarlariga, olib borilayotgan ishlarini sifatli va oʻz vaqtida yakunlanishi, byudjet mablagʻlarini maqsadli ishlatilishi yuzasidan topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15