Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi (TAROQLI)

 TAROQLI – Samarqand viloyati Urgut tumanida qishloq. Vaxtamg‘ali va jilontamg‘ali (ilontamg‘ali) urug‘larining qismlaridan biri tarakli deb nomlangan (taroq – taroq, urug‘ning tamg‘asi shakliga ko‘ra taroqni eslatgan).

 Taroqli – juz (yuz), qangli, xitoy qipchoq, qo‘ng‘irot qabilalari tarkibida uchraydigan urug‘ nomi. Urug‘ning tamg‘asi taroq shaklida bo‘lgan va bu etnonim uchun asos bo‘lgan. Tamg‘asiga ko‘ra urug‘, urug‘iga ko‘ra qishloq nomlangan.

©️ Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
 

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15