
“ Gʻalla -2023” mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida Urgut tuman FVB ogohlantiradi!
Somon poyalarini dala maydonlaridan yigʻib olish va tashishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga va kerakli tavsiyalarga rioya qiling:
-Somon - poyalarini tashish vaqtida avtotransportlarga somonni ortiqcha yuklamaslik;
Tashish vaqtidagi avtotransportlar (traktor va boshqalar)ga uchqun qaytargichlardan foydalanish;Gʻalla maydonidagi somon-poyalarini
yigʻib olish va tashish vaqtida tamaki mahsulotini chekish qatʼiy taqiqlanadi.
Shu bilan birga gʻalladan boʻshagan yerlar va somon qoldiqlarini yoqib yubormaslik haqida ogohlantiramiz.
Bu kabi holatga yoʻl qoʻyilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi MJTKning 88-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.
Ona tabiatni asrash har birimizning burchimizdir!!!