Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining doimiy komissiya raislari va a'zolari  tomonidan 6-sonli umumiy o'rta ta'limi maktabi va 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida o'rganish o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan, Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining doimiy komissiya raislari va a'zolari  tomonidan 6-sonli umumiy o'rta ta'limi maktabi va 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida o'rganish o'tkazildi.
O‘rganish natijalari Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan muhokama qilindi. Muhokama davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha esa tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga hulosalar berilib, bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15