Янгиликлар

Tashqi yozuv va peshlavhalar: davlat tiliga eʼtibor vijdon ishiga aylanishi kerak

Sir emaski, bugun davlat tiliga eʼtibor, oʻzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirish bilan bogʻliq tarixiy islohotlar davrida yashamoqdamiz. Ushbu ezgu amaliy saʼy-harakatlarning, avvalo, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan dadil boshlab berilganligi, bugun davlat tiliga eʼtiborning tobora yuksalib borayotganligini alohida qayd etish joiz.

Hozirda shahar markaziy koʻchalaridagi tashqi yozuvlar, peshlavhalar hamda reklama matnlarini davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish borasidagi saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. 

Viloyat prokurori Ravshan Masharipov Urgut tumani “Kamongaron” mahallasida

Viloyat prokurori Ravshan Masharipov joriy yilning 22-iyun kuni Urgut tumani “Kamongaron” mahallasiga borib, mahallada va xususan qabristonda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. 

Bundan tashqari, mahallada yashab oʻtgan obroʻ eʼtiborli insonlarning ruhini shod etish uchun tashkil etilgan yodgorlik muzeyini hamda “Xoja-Axror-Vali” maqbarasini ziyorat qilib, uning tarixi bilan tanishdi. 

Shundan soʻng, ushbu mahalla aholisi, oqsoqollari va yoshlari bilan uchrashib, kitobxonlikka qiziqqan kamongaronlik yoshlarga kitoblar sovgʻa qildi.

Gʻalladan boʻshagan maydonlar foydalanish uchun ishsiz fuqarolarga berilmoqda

Ayni kunlarda Urgut tumani boʻylab gʻalla oʻrimi mavsumi davom etmoqda. Gʻalladan boʻshagan yer maydonlari, gʻalla oʻrimi bilan bir vaqtda, ishsiz fuqarolarga boʻlib berilmoqda. Natijada mehnat qilib daromad qilishni maqsad qilgan fuqarolar takroriy ekin ekib, oilasiga qoʻshimcha daromad olish imkoniga ega boʻlishmoqda.

Qabristonlar obodligi – oʻtganlarning ruhi shodligi

Aslida obodlikka intilish, poklik ayniqsa, qabristonlarni ozoda saqlashga doimo eʼtibor qaratish xalqimizning ming yillik qadriyatlaridan biridir. 

Bugun tumanimizning Ipakli mahallasida yashovchi 30 nafarga yaqin fuqarolar tomonidan mahalla qabristoni hududida keng koʻlamdagi obodonlashtirish koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirildi.
 

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15